“Lids” va MYU uchrashuvida fojia yuz berdi

Sport

image

Kecha, 4 dekabr kuni Angliya Premer-ligasi 20-tur  doirasidagi “Lids Yunayted” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi oldidan mezbon jamoa muxlisi stadionda vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Lids Yunayted” o‘yin boshlanishidan oldin stadionda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng muxlis vafot etganini chuqur qayg‘u bilan tasdiqlaydi. Klubdagilarning barchasi ushbu og‘ir damlarda marhumning oilasi va yaqinlari bilan hamdard”, deyiladi klub bayonotida.

Uchrashuvda “Lids Yunayted” o‘z maydonida “Manchester Yunayted” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yin boshlanishidan oldin muxlislardan biri sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, shifokorlar unga stadionda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va keyinchalik shifoxonaga olib ketilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muxlis stadionni tark etayotganda hushida bo‘lgan va gapira olgan. Biroq, shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. O‘lim sababi hozircha aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Shtutgart” jamoasining sobiq germaniyalik futbolchisi Sebastyan Xertner Chernogoriyadagi chang‘i kurortida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 34 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi “Manchester Yunayted” Prem'er-liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing