“Al-Hilol” MYU yulduzi uchun taklif tayyorlamoqda – OAV
Sport
−
09 yanvar 1235 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi joriy transfer oynasi davomida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi va sardori Bruno Fernandesh bilan shartnoma imzolash borasidagi tayyorgarlik ishlarini qayta boshladi. Bu haqda “Indykaila News” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun “qizil iblislar”ga 100 million funt sterling taklif qilishga tayyor. Shuningdek, Fernandeshga haftasiga 600 ming funt sterling (yiliga 28,8 million funt sterling) miqdorida maosh taklif etilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Bruno Fernandesh joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi