Madridda minglab odamlar uy-joy narxlariga qarshi namoyishga chiqdi
Olam
−
11:47 1098 1 daqiqa
Ispaniya poytaxti Madridda minglab fuqarolar uy-joy narxlarining keskin oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Ular “munosib uy-joy huquqi”ni talab qilib, ijara narxlarining oshib borayotganidan norozi ekanliklarini bildirdi. Bu haqda “El Pais” xabar berdi.
Namoyish Ijarachilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan va “Uy-joy hayotimizni qimmatga tushirmoqda. Narxlarni tushiramiz” shiori ostida o‘tkazilgan. Ishtirokchilar hukumatdan uy-joy bozorini tartibga solish va ijara narxlarini pasaytirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishda taxminan 23 ming kishi qatnashgan bo‘lsa, tashkilotchilar bu raqam 80–100 minggacha yetganini ta’kidlashmoqda.
Namoyish Atocha temir yo‘l vokzalidan boshlanib, Madrid markaziy ko‘chalari bo‘ylab davom etdi. Ishtirokchilar uy-joyni spekulyatsiya vositasiga aylantirishga qarshi chiqishdi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida Madridda ijara narxlari 50 foizdan ortiq oshgan. Natijada ko‘plab oilalar daromadining katta qismini ijara to‘lovlariga sarflashga majbur bo‘lmoqda. Ijarachilar uyushmasi vakillari bu holatni “uy-joy inqirozi” deb atab, mavjud tizimni adolatsiz deb baholadi va hatto umumiy ish tashlash ehtimolini ham tilga oldi.
Namoyishda Ispaniyaning yirik kasaba uyushmalari ham ishtirok etib, arzon uy-joy qurilishini ko‘paytirish va ijtimoiy uy-joy dasturlarini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Live
Barchasi