Maduro va yangamiz tirikligini isbotlang – Bosh prokuror

Olam

image

Venesuela Bosh prokurori Tarek Uilyam Saab Qo‘shma Shtatlarni Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresning tirikligini tasdiqlashga chaqirdi va ularning taqdiri uchun Amerika ma’muriyatini javobgar deb atadi. 

“Respublika Bosh prokurori sifatida men nafaqat qurolli kuchlar qo‘mondoni va davlat rahbari Nikolas Maduro Moros va uning rafiqasi tirikligini tasdiqlashni so‘rayman, balki [Venesuela] Prezidenti va inqilob yetakchisi bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday narsa uchun Qo‘shma Shtatlarni javobgar deb bilaman”, deydi Saab.

Shuningdek, Bosh prokuror Prezident Nikolas Maduroning o‘g‘irlanishini va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelgan AQSH havo hujumlarini qoralashga chaqirdi. 

“Men BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlaridan begunoh odamlarning o‘limiga va Prezident Maduroning o‘g‘irlanishiga olib kelgan bu qo‘rqoq hujumlarni qoralashni so‘rayman”, deydi u. 

AQSHning Venesuelaga hujumi

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Venesuela poytaxti Karakas shahrida kamida yettita portlash sodir bo‘ldi. Portlash tovushlari shaharning turli hududlarida, shuningdek Simon Bolivar nomidagi Mayketiya aeroporti va La-Guayra porti atrofida ham eshitilgan.

Keyinroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSHni Venesuelani bombardimon qilishda ayblab, BMTning favqulodda yig‘ilishini yig‘ishga chaqirdi. Shundan so‘ng CBS telekanali AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi qator ob’ektlarga, jumladan harbiy nishonlarga zarba berish buyrug‘ini berganini ma’lum qildi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda keng qamrovli mudofaa tizimini zudlik bilan ishga tushirish va milliy kuchlarni safarbar etish bo‘yicha buyruq berdi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.

Keyinchalik Donald Tramp Venesuelaga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berib, Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingani va mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. AQSH Bosh prokurori Pamela Jo Bondiga ko‘ra, Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga “narkoterrorizm”, qurol saqlash va giyohvand moddalar kontrabandasi ayblovlari qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikolas Maduro Venesuelaga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing