Manas shahri nomi eskisiga qaytmaydi – Prezident matbuot kotibi
Olam
−
24 fevral 4099 1 daqiqa
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi Manas shahri avvalgi nomiga qaytarilmaydi. Bu haqda bugun, 24 fevral Prezident matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar nomini o‘zgartirish masalasi ko‘tarilmagan va hech bir davlat idorasi tomonidan ko‘rib chiqilmayapti. Shahar hozirgi nomi – Manasni saqlab qoladi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning 3 sentyabr kuni Jalolobod shahri Manas deb qayta nomlangan. Bu qaror shahar kengashi va Jogorku Kenesh tomonidan tasdiqlangan, 17 cyentyabr kuni Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolangan. 27 sentyabr kuni esa shahar rasmiy ravishda Manas deb e’lon qilingan.
O‘sha vaqtda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev kelajakda Manas shahri Qirg‘iziston poytaxtiga aylanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning poytaxti Bishkek shahridan Manasga ko‘chirilishi mumkinligi va bu masala ayrim siyosatchilar tomonidan ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi