“Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi
Sport
−
06 noyabr 4171 1 daqiqa
Kecha, 5 noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasida doirasida markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning “Manchester Siti” o‘z maydonida “Borussiya Dortmund” bilan bahs olib bordi. “Shaharliklar” ushbu uchrashuvda yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin boshidanoq “Siti” tashabbusni qo‘lga oldi. 22-daqiqada Fil Foden Tidjani Rayndersning aniq uzatmasidan so‘ng Gregor Kobel darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, 29-daqiqada Erling Holand Jeremi Dokuning uzatmasidan so‘ng jarima maydonchasi markazidan zarba yo‘llab, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Bu gol norvegiyalik futbolchi uchun mazkur musobaqadagi ketma-ket beshinchi o‘yinda gol bo‘ldi.
Uchrashuvning 57-daqiqasida Rayndersning uzatmasidan so‘ng Fil Foden o‘zining dublini rasmiylashtirdi. Dortmundliklar 72-daqiqada Valdemar Antonning goli evaziga hisobni qisqartirishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan, 90+1 daqiqada Rayan Sherki hisobni yiriklashtirdi. Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari to‘rt o‘yindan so‘ng 10 ochko jamg‘arib, guruhda qulay holatga chiqdi. “Dortmund” esa ochkolarini 7 taga yetkazib oldi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi. Bu g‘alaba bilan manchesterliklar turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Borussiya Dortmund” esa 14-pog‘onani band etdi.
Live
Barchasi