Markaziy bank P2P o‘tkazmalar uchun yagona “markaziy kanal” yaratadi

Jamiyat

image

2026 yil 1 sentyabrgacha banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan “ochiq banking” tizimi joriy etiladi. Bu haqda kecha, 27 noyabrda imzolangan “Moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident қарорида belgilandi.

Ochiq banking bu banklar va moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar o‘rtasida mijozning ruxsatiga binoan moliyaviy ma’lumotlarni xavfsiz tarzda almashish tizimidir. Oddiy qilib aytganda, mijozning bank hisob-kitob ma’lumotlari boshqa ilovalar yoki xizmatlar bilan ulanishi mumkin, lekin faqat mijozning roziligi bilan va qat’iy xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda.

Shuningdek, qarorda Markaziy bankka bir nechta moliyaviy instrumentlarni joriy etish yuklandi.

Xususan:

  • Markaziy bankning to‘lov tizimida jismoniy shaxslar o‘rtasida “P2P” o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini ishlab chiqish va uni to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga Open API ko‘rinishida taqdim etish;
  • Fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bank yoki elektron hamyon provayderini tanlash huquqini berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
  • Universal QR-kod loyihasini banklar va to‘lov tashkilotlari bilan birga sinov tariqasida joriy etish va boshqalar.

Maqola muallifi

Teglar

“Moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori “ochiq banking” “P2P” o'tkazmalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar