Mashhur sharhlovchi JCHda O‘zbekistonga muxlislik qilishini aytdi
Sport
−
19:03 3882 1 daqiqa
Rossiyalik sharhlovchi Dmitriy Guberniyev 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishini aytdi. Bu haqda Guberniyev “Sport-express” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Jahon chempionatida jamoamiz o‘ynaganda uni qo‘llab-quvvatlayman. Endi turnir davom etar ekan, kimga muxlislik qilishni hal qilaman. Va men futbolchi sifatida hurmat qiladigan Duglas Santosga qaramay, bu Braziliya bo‘lishi ehtimoldan yiroq.
O‘zbekiston Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi, shuning uchun men ularni qo‘llab-quvvatlayman. “Yalla” guruhi va Natalya Nurmuhammedova kuylaganidek, abadiy shior: “Baka-baka-bang, dor o‘ynag” – agar yiqilsang, yig‘lama, tur. Bu men uchun ham hayot shiori. Shuning uchun men O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayman”, deydi Guberniyev.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining final bosqichi joriy yilning 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi va Kolumbiya bilan birgalikda “K” guruhidan joy olgan.
Live
Barchasi