Ertaga Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi
Jamiyat
−
21 may 3196 1 daqiqa
Ertaga, 22 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan ayrim ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan harakat cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirni yuqori saviyada va xavfsiz tashkil etish maqsadida 22 may soat 16:00 dan 21:00 gacha Toshkent shahrining qator ko‘chalarida vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarda harakat vaqti-vaqti bilan cheklanishi mumkin:
- Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KXAY–Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KXAY–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.
- Nurafshon–Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
- Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.
Haydovchilardan oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirish so‘raladi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may