Messi Yamalda yoshligini ko‘rishini aytdi

Sport

image

Argentinalik terma jamoasi sardori Lionel Messi yangi avlod futbolchilari orasida Lamin Yamalni eng iqtidorli futbolchi deb atadi. Hozirda “Inter Mayami” safida to‘p surayotgan argentinalik yulduzning aytishicha, Yamal unga yoshligini eslatadi. Bu haqda Messi “Lo del Pollo” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“Yangi avlod futbolchilari juda kuchli va ularning oldida hali uzoq yo‘l bor. Agar ulardan birini tanlashim kerak bo‘lsa, men Lamin Yamalni tanlagan bo‘lardim. U allaqachon erishgan natijalari va kelajakdagi salohiyatini hisobga olsak, hozirning eng yaxshisi ekaniga shubha yo‘q”, dedi Messi.

18 yoshli Yamal ayni paytda son mushagidan olgan jarohatini tiklamoqda va shu sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi. U joriy mavsumda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yili ispaniyalik futbolchi “Oltin to‘p” so‘rovnomasida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

“Barselona” safida Yamal ikki marta Ispaniya chempioni, bir marta Ispaniya Kubogi va ikki bor Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi. Ispaniya terma jamoasi bilan esa Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi.

38 yoshli Messi esa Ispaniya chempionati, “Barselona” va Argentina milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U Argentina bilan ikki marta Amerika Kubogi, Finalissima va 2022 yilgi Jahon chempionatida zafar quchgan.

Messi 2005-2021 yillar oralig‘ida “Barselona” safida o‘ynab, klub bilan 10 marta Ispaniya chempioni va 4 karra Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Barselona” Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing