Messining transfer narxi pasaydi
Sport
−
16:42 905 1 daqiqa
Transfermarkt portali MLS futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, Argentina milliy terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi futbolchisi Lionel Messining bozor qiymati 3 million yevroga pastladi.
Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, “Los-Andjeles Gelaksi” futbolchisi Puch Rikining narxi 18 million yevro deya baholandi va bu ko‘rsatkich bilan ispaniyalik futbolchi liganing eng qimmat futbolchisiga bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda 17 million yevro bilan “Los-Andjeles” futbolchisi Son Xyon Min turibdi. Argentina terma jamoasi sardori Messining bozor narxi esa 15 million yevro bilan bu ro‘yxatda 5-pog‘onani egallab turibdi.
Transfermarktga ko‘ra, hozirda “Inter Mayami” jamoasining bozor qiymati 72,68 million yevro bilan MLS’ning eng qimmat jamoasi bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transfermarkt portali Eron Pro ligasi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangilagandan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov Eron chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylangan edi.