Messi MLS'ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Sport
−
10 dekabr 577 1 daqiqa
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS'da yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Mukofot muntazam mavsum natijalariga ko‘ra topshiriladi. Ushbu bosqichda 38 yoshli argentinalik yulduz 29 ta gol va 19 ta golli uzatma qayd etdi. Messi jamoasi bilan muntazam chempionatni 3-o‘rinda yakunladi, biroq pley-off bosqichida ketma-ket g‘alabalar bilan MLS Kubogini qo‘lga kiritishga erishdi.
Shu tariqa, Messi ketma-ket ikkinchi bor “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi va MLS tarixida bunga erishgan ilk futbolchiga aylandi.
Shuningdek, Messi ligada serbiyalik afsona Preki (1997 va 2003 yillar, “Kanzas Siti”)dan keyin ikki bor bu sovrinni qo‘lga kiritgan yagona futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati oldidan Ispaniya, Fransiya, Angliya va Germaniyani turnirning asosiy favoritlari ekanligi haqida aytgan edi.