Nadal “Real” prezidentligiga nomzodini qo‘yadimi?
Sport
−
15 may 1401 1 daqiqa
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Rafael Nadal ijtimoiy tarmoqlarda “Real Madrid” futbol klubi prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish haqidagi xabarlar yolg‘on ekanligini aytdi. Bu haqda u AS nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Avvalroq, Madrid klubi prezidenti Florentino Péres muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qilib, nomzodlarni o‘z dasturlarini taqdim etishga chaqirgan edi.
Ma’lumotiga ko‘ra, Cox Energy rahbari, biznesmen Enrike Rikelme Vives Peresning asosiy raqibiga aylanishi mumkin.
Shuningdek, Nadal nomzodlardan birini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Bundan tashqari, mahalliy OAVlar Nadalning tennisdagi faoliyatidan keyingi hayoti o‘zi muxlislik qiladigan “Real Madrid” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Shuningdek, Nadalning o‘zi ham jurnalistlarning bu haqdagi savollariga “agar imkoni bo‘lsa, bir kun kelib “Real Madrid” prezidenti bo‘lishni xohlardim”, deya javob bergan.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid”ning joriy mavsumdagi bir qator muvaffaqiyatsiz natijalaridan so‘ng klubda prezidentlik saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi ham o‘zgarishi kutilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino ushbu lavozim uchun asosiy favoritlardan biri bo‘lib turibdi.
Live
Barchasi