Namanganda 45 mln qalbaki pulni 18 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
12:34 1303 1 daqiqa
Namangan viloyatida 45 mln so‘m qalbaki pullarni 18 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan sudlangan shaxs 100 va 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 45 mln so‘m qalbaki pullarni fuqaro M.X. ismli shaxsga 18 mln so‘mga sotayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida besh bosh qora molni qalbaki AQSH dollariga sotib olgan shaxs aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi