Namanganda Qurilish inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi 10 ming dollar, MCHJ rahbari esa 4400 dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi sud tizimidagi tanishlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning ishini sudda qayta ko‘rib chiqish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlash evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan. DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mutaxassis firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun  muqaddam bir necha marotaba sudlangan. 

Shuningdek, Namangan viloyatida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanishlari orqali tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 783 mln so‘mlik soliq qarzdorligini 141 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 4400 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanishi hisoblangan Namangan viloyati soliq boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i ham  4400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Bildirishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahrida MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 dollar talab qilgan soliq inspektori ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Namangan Qurilish inspektsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing