Namanganda soliq inspeksiyasi xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Chust tumani soliq inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chust tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol savdo sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisining ishonchiga kirib, MCHJning 376,6 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini ushbu tizimda ishlovchi tanishlari yordamida bartaraf qilib berish evaziga undan 20 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur noqonuniy ishga Chust tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori aloqador ekanligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida “Energosavdo” muhandisi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Chust soliq inspektsiyasi xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing