Urgutda 1 kg “gashish”ni 9 300 dollarga pullayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
20 may 1503 1 daqiqa
Samarqand va Namangan viloyatlarida narktoik moddalarning noqonuniy aylanmasiga oid bir nechta jinoyat fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida viloyat IIB o‘tkazgan tadbir davomida 2003 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular “Mergancha” MFY hududida 1 kilogramm 32 gramm “gashish”ni 9 300 AQSH dollariga sotayotgan paytda ushlangan.
Bundan tashqari, Namangan viloyatining Uychi tumanida IIB tezkor-qidiruv xizmati va DXX o‘tkazgan tadbirda 1986 yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan 10 gramm gashish topilgan. Surishtiruv davomida u ushbu moddani 1962 yilda tug‘ilgan boshqa bir fuqarodan olgani ma’lum bo‘lgan. Ikkinchi shaxsning xonadoni tekshirilganda tovuqxonasidan 1 kilogramm 85 gramm gashish musodara qilingan.
Bildirilishicha, ikkala holat yuzasidan ham jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uyida ko‘knori yetishtirgan “dehqon” ushlangan edi.
Live
Barchasi