Namanganda o‘yin klubi niqobidagi jinoiy tarmoq fosh etildi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi o‘yin klubi milliardlab mablag‘ aylantirilgan noqonuniy tarmoq ekanligi aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tezkor tadbir o‘tkazilib, shartli xaridor orqali 620 ming so‘m mablag‘ qimor platformasidagi o‘yinlarni moliyalashtirish maqsadida kiritilgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan. 

Xususan, Chust tumani Guliston mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxs sheriklari bilan birgalikda maxsus jinoiy guruh tashkil etgan. Tekshiruvlar davomida jinoiy guruh tomonidan maxsus ilovada 796 million 600 ming so‘m limit mablag‘i va 44 milliard 619 million so‘m tranzaksiya tarixi, shuningdek yana bir hisobda 115 million 622 ming so‘m limit hamda 26 ming milliard 627 million so‘mlik aylanma, kriptovalyuta orqali esa 14 milliard 623 million so‘m pul aylanmasi amalga oshirilganligi aniqlangan. 

Xabarga kora, tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolardan 26 990 AQSH dollari, 73 million so‘m naqd pul, 10 dona plastik karta, mobil telefonlar va kompyuter texnikalari hamda pul sanash uchun mo‘ljallangan apparat daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olingan. 

“Pul, manfaat ortidan bilmagan holatda, tushunmagan holatda bu ishlarga kirib qolganmiz. To‘rt-besh oydan beri afsusdamiz”, deydi gumonlanuvchi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) ikkinchi qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs noqonuniy kripto faoliyat bilan shug‘ullangani fosh etilgan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan o'yin klubi jinoiy tarmoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing