NATOning 5 davlati Ukrainaga majburiy harbiy yordamga qarshi chiqdi

Olam

image

NATOning 5 davlati Ukrainaga har yili YAIMning 0,25 foizi miqdorida majburiy harbiy yordam ajratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda “The Telegraph” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, alyans bosh kotibi Mark Ryutte ilgari surgan tashabbusga Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya va Kanada qarshi chiqqan.

Gazetaning yozishicha, Londonning bunday pozitsiyasi uning Ukrainaning eng qat’iy ittifoqchilaridan biri sifatidagi obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Yaqinda Buyuk Britaniya Yaqin Sharqdagi mojaro fonida uchinchi davlatlarda Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan dizel va kerosin importiga qo‘yilgan taqiqni ham vaqtincha bekor qilgan edi.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordam uchun YAIMning 0,25 foizidan kam mablag‘ ajratayotgan bo‘lsa-da, umumiy yordam hajmi bo‘yicha hamon AQSH va Germaniyadan keyin uchinchi o‘rinda turibdi.

Nashrning qayd etishicha, asosiy tanqid Fransiya, Ispaniya, Italiya va Kanadaga qaratilgan. Nashrga ko‘ra, bu davlatlar iqtisodiy salohiyatiga qaramay, Ukrainaga yordam hajmi bo‘yicha ko‘plab kichikroq ittifoqchilardan ortda qolmoqda.

Kil universiteti hisob-kitoblariga ko‘ra, Niderlandiya, Polsha, Boltiqbo‘yi va Shimoliy Yevropa davlatlari Ukrainaga yordam uchun YAIMning 0,25 foizi yoki undan ko‘prog‘ini ajratmoqda.

Mark Ryutte ushbu reja Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning muhim belgisi bo‘lishini ta’kidlagan va tashabbusni Turkiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida tasdiqlashga umid qilgan.

Hozircha kamida yetti NATO davlati bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan, biroq qaror qabul qilinishi uchun alyansning barcha a’zolari bir ovozdan rozilik bildirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotda uni Ukrainadagi mojaroga aralashmaslikka chaqirgandi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Makron Lukashenkoga Belarusning Yevropa bilan munosabatlarini yaxshilash uchun zarur choralarni ko‘rishni ham taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Frantsiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing