Navoiyda amma kuyovini o‘ldirish uchun killer yolladi (video)

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kuyovini o‘ldirish uchun qotil yollagan amma ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zarafshon shahrida yashovchi yosh oilada kelishmovchiliklar sodir bo‘lgan. Shu sababli kelinning 54 yoshli ammasi o‘ziga tanish bo‘lgan 1992 va 1994 yillarda tug‘ilgan ikki shaxsni topib, kuyovining “aqlini kiritib qo‘yishini”, evaziga esa katta miqdorda pul berishga tayyor ekanligini aytgan. Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari suiqasd sahnasini tashkil etib, jarayonni videoga olgan va ijtimoiy tarmoq orqali ayolga jo‘natgan. Shundan so‘ng ayol suiqasd buyurtmasi uchun kelishilgan 40 million so‘mdan 2 mln 300 ming so‘mni yollangan shaxslarning kartasiga tashlab bergan.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Zarafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi tezkor-qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ayol qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida norasmiy nikohdagi xotinini o‘ldirish uchun 10 ming dollarga qotil yollagan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Zarafshon qotil killer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing