Neymar jarohati sabab operatsiya qilindi
Sport
−
23 dekabr 702 1 daqiqa
Braziliyaning “Santos” klubi futbolchisi Neymar mavsum yakunlangandan so‘ng medial meniskus yirtilishi sababli muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Medial meniskus jarohatini davolash uchun artroskopiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi, sportchining ahvoli yaxshi. Neymar hozir shifoxonadan chiqarilgan va reabilitatsiyani boshladi. Reabilitatsiya jarayoni uning fizioterapevti Rafael Martini tomonidan muvofiqlashtirilmoqda”, deyiladi klub bayonotida.
Joriy yilning noyabr oyida Neymar San-Pauluda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, meniskus yirtilishi tashxisi qo‘yilgan edi. biroq keyinchalik u jarohati bo‘lishiga qaramay Braziliya chempionatining 37-turida “Yuventude”ga qarshi (3:0) o‘yinda maydonga tushib, xet-trik qayd etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Santos” yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, chempionat yakunida “Santos” 47 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinda yakunladi. 33 yoshli braziliyalik futbolchi esa mavsumning 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.