PSJ va “Chelsi” sobiq futbolchisi jamoasiz qoldi
Sport
−
19 dekabr 2045 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasining sobiq sardori va “Fluminense” jamoasi himoyachisi Tiago Silva klub bilan shartnomasini bekor qildi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, futbolchining klubni tark etishiga oilaviy masalalar asosiy sabab bo‘lgan. Tiago Silvaning rafiqasi va farzandlari Londonda istiqomat qiladi. Uning ikki o‘g‘li ham “Chelsi” akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Katta o‘g‘li Isago esa dekabr oyi boshida London klubi bilan professional shartnoma imzoladi.
Ta’kidlanishicha, Tiago Silva faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. U oilasiga yaqinroq bo‘lish maqsadida Londonga imkon qadar yaqin hududdan yangi klub topishni ko‘zlamoqda.
Ma’lumot uchun, PSJ va “Chelsi” klublarining sobiq himoyachisi Tiago Silva 2024 yilning may oyida o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar jamoasi – “Fluminense” safiga qo‘shilgan edi. Ortda qolgan mavsumda u barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol muallifiga aylangan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr