Ohangaronda “daraxtkush”lar tabiatga 1,5 mlrd zarar yetkazdi
3-sahifa
−
06 mart 1513 1 daqiqa
Toshkent viloyating Ohangaron tumanida 11,5 gektar yer maydonida 100 dan oshiq ko‘p yillik manzarali daraxtlar va butalar g‘ayriqonuniy tarzda kesilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tadbirda Ohangaron tumanining “Qorasuvyoqa” mahalla hududida “F.A.B.” fermer xo‘jaligi tomonidan 11,5 gektar yer maydonida 100 dan oshiq ko‘p yillik manzarali daraxtlar va butalar g‘ayriqonuniy tarzda kesilgani hamda ildiz qismi bilan qo‘porib ko‘mib tashlangani ma’lum bo‘lgan.
O‘rganish davomida 59 tup daraxtning ildiz qismi aniqlanib, tegishli tartibda hududga ildiz qismlari yo‘q qilib yuborilmasligi uchun faollar jalb qilinib, navbatchilik ishlari olib borilgan.
Huquqbuzarlik oqibatida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli qaroriga ko‘ra, tabiatga 1 milliard 463 million 12 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Ma’lumot uchun, qarorga ko‘ra, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar miqdori ikki baravarga oshirilgan.
Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhoza qilish organlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi