Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizlarga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanmoqda (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Patrul-post xizmati xodimi 2 nafar voyaga yetmagan, 14 yoshli qizlarni zo‘rlik ishlatib toqqa olib chiqqani va ularga tegajog‘lik qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qizlarning aytishicha, voqea 28 aprelga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Ohangaron shahrida sodir bo‘lgan. 14 yoshli qizning ta’kidlashicha, o‘sha kuni kechqurun dugonalari bilan ko‘chada o‘tirgan vaqtida ularning oldiga Spark avtomobili kelib to‘xtagan va ularni majburan mashinaga mindirgan.

“Bizning oldimizga Spark avtomashinasi keldi va haydovchi menga mashinaga o‘tirishimni ayta boshladi. Men rad etdim, lekin u qo‘pol tarzda menga avtomobilga o‘tirishimni aytdi. Men uni xodim, menga hech narsa qilmaydi, deb o‘yladim. Mashinaga o‘tirganimdan so‘ng, u bizni juda uzoqqa olib ketdi, mashinani o‘chirib, bizga tegajog‘lik qila boshladi”, degan 14 yoshli qiz.

Qizning qo‘shimcha qilishicha, shundan so‘ng uning akasi geolokatsiya bilan o‘sha joyga yetib borgan.

“O‘zbekiston PPX xodimi mening 14 yoshli singlim bilan tungi soat 01:00 da tog‘da, mashina ichida bo‘lgan. Nima bilan shug‘ullanganini bilmayman. Yordam berishingizni, bu voqeani keng ommaga yoyishingizni so‘rayman. Bu aqlga sig‘maydigan holat. Qiz hali 14 yoshda”, degan uning akasi.

Shuningdek, u video va telefon suhbatini yozib olganini, xodim unga tahdid qilganini aytmoqda. Qolaversa, u mojaro vaqtida xodim uning qo‘lini jarohatlaganini ta’kidlamoqda.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti hodisa yuzasidan ma’lumot berib, tergov boshlanganini ochiqlagan.

“Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik bo‘limi prokuratura bilan birgalikda ushbu hodisa bo‘yicha darhol tergov boshladi. Hodisaning barcha ishtirokchilari va holatlari aniqlandi. Nashrlarda tilga olingan xodim lavozimidan chetlashtirildi. Agar da’vo qilingan harakatlar tasdiqlansa, ularning harakatlari jinoiy javobgarlikka tortiladi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, tergov natijalari keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘qituvchi voyaga yetmagan 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron PPX xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing