“Olmaliq KMK” AJda moliya va resurslar boshqaruvi to‘liq raqamlashtirildi

Biznes

image

Bugun sanoatni raqamlashtirish – zamon talabi. “Olmaliq KMK” AJda ham sanoatni raqamli transformatsiya qilish jarayonlari doirasida moliya va resurslarni boshqarish tizimi tubdan yangilandi. Endilikda kombinatning barcha muhim bo‘g‘inlari – buxgalteriya va xaridlardan tortib, mahsulot sotuvigacha bo‘lgan jarayonlar yagona 1C:ERP raqamli platformasiga o‘tkazildi. Bu esa ishning shaffof va tezkor bo‘lishini ta’minlamoqda.

Kombinatda buxgalteriya, moliyaviy hisobot va ma’lumotlar konsolidatsiyasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi natijasida 46 ta tarkibiy bo‘linma va 2,8 ming foydalanuvchi yagona elektron hisobot yuritish makonida faoliyat olib bormoqda. 

Hozirda oyiga o‘rtacha 48 mingta buxgalteriya va moliya tranzaksiyalari amalga oshirilishini hisobga oladigan bo‘lsak, ma’lumotlarni yig‘ish va hisobotlarni shakllantirishga sarflanadigan vaqt 50 foizga qisqardi. Bu esa inson omillari bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish, hisobot tayyorlash tezligini oshirish va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish imkonini bermoqda.

Kombinatda yiliga 26 mingta buyurtma va talabnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Tizim doirasida xaridlarni boshqarish va omborlarni nazorat qilish jarayonlari raqamlashtirildi. Yillik moliyaviy rejalashtirish imkoniyati yaratilib, omborlarda tovar-moddiy boyliklar qoldiqlari doimiy elektron monitoringga o‘tkazildi. Kirim-chiqim hisobotlari to‘liq elektron shaklda yuritilishi yo‘lga qo‘yildi. Natijada 7 turdagi qog‘oz hujjatlar bekor qilinib, buyurtmalarni shakllantirish va tasdiqlash jarayoni keskin qisqardi. Biznes-jarayonlar 25 foizga optimallashdi, omborlardagi tovar-moddiy boyliklar 15 foizga kamaydi (260 mlrd so‘m). Bu ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘larni samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, OKMKda umumiy kontragentlar soni 15 mingta shartnomalar bazasi 158 mingtani tashkil etib, ulardan 2,6 mingtasi faol. Bir oyda 3 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yuritiladi. Raqamlashtirish doirasida shartnomalarni ro‘yxatga olish, to‘lovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilish jarayonlarini avtomatlashtirilishi moliyaviy intizomni kuchaytirish va hisob-kitoblarda shaffoflikni ta’minlash imkonini bermoqda.

Tayyor mahsulotni sotish va yuklash jarayonlari ham biznes-jarayonlarga moslashtirilib, hujjat aylanmasining 80 foizi qog‘oz shakldan elektron shaklga o‘tkazildi. Jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilib, yuklash bosqichida shaffoflik ta’minlandi. Bu esa mijozlar bilan hisob-kitoblarda aniqlik va tezkorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Tizim orqali kombinatning 46 ta tarkibiy bo‘linmasi bo‘yicha moliyaviy faoliyat markazlashgan tarzda yuritilmoqda. Jumladan, 210 ta daromad turi va 2,6 mingta xarajat turi yagona tizimda hisobga olinadi. Bu esa xarajatlarni tahlil qilish, samaradorlikni baholash va strategik rejalashtirish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqdi.

Bir so‘z bilan aytganda OKMKda moliya va resurslar boshqaruvining to‘liq raqamlashtirilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va resurslardan oqilona foydalanishni anglatadi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

sanoat moliya Olmaliq KMK raqamlashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing