“Olmaliq KMK” AJ Sustainable Fitch reytingida yanada yuqoriladi
Biznes
−
06 mart 1046 1 daqiqa
2026 yil 24 fevral kuni xalqaro Sustainable Fitch agentligi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barqaror rivojlanish reytingini (Entity Rating) “3” darajasida tasdiqladi. Shu bilan birga, kompaniyaning umumiy baholash ko‘rsatkichi (entity score) 56 balldan 59 ballga oshirildi.
Bu ijobiy natija kombinatda barqaror rivojlanish strategiyasi izchil takomillashtirilayotgani, ijtimoiy, boshqaruv va ekologiya sohalarida muhim yutuqlarga erishilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, kon-metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ijobiy baholangan.
Sustainable Fitch ekspertlariga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida korporativ boshqaruv tizimi mustahkam yo‘lga qo‘yilgan. Xatarlarni boshqarish tizimining samarali ishlashi, soliq majburiyatlarining vijdonan bajarilishi hamda kadrlar qo‘nimsizligining past darajada ekani alohida ta’kidlangan.
Shuningdek, reytingning oshishi, hatto tarmoqning murakkab va o‘ziga xos jihatlariga qaramay, kompaniya tomonidan ESG (ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarali ekanini ko‘rsatadi.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi