Oltin va kumush narxi tarixiy maksimumga yetdi
Bu qiziq
−
20 yanvar 2714 1 daqiqa
Bugun, 20 yanvar kuni Nyu-York tovar birjasi Comex’da qimmatbaho metallar narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangiladi. Bu haqda savdo ma’lumotlarida keltirilgan.
Ertalabki savdolar yakuniga ko‘ra, oltinning birja narxi bir troya unsiyasi uchun 4 736,9 AQSH dollarini tashkil etgan. O‘sish 3 foizdan oshgan. Savdo maydonchasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltinning bir troya unsiyasi uchun 4,7 ming AQSH dollaridan yuqori narxi tarixda ilk bor qayd etilgan.
Kumush ham o‘zining maksimal tarixiy qiymatiga yetgan. Qimmatbaho metall narxi bir troya unsiyasi uchun 95 AQSH dollaridan oshgan va o‘sish 7,5 foizdan ko‘proqni tashkil etgan.
Qimmatbaho metallar narxining keskin oshishi AQSH Prezidenti Donald Trampning fevral oyi boshidan boshlab qator Yevropa davlatlariga nisbatan bojlar joriy etilishi haqidagi bayonoti bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Tramp 1 fevraldan AQSH ga import qilinadigan ayrim Yevropa davlatlari mahsulotlariga 10 foizlik bojlar kuchga kirishini e’lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxatga Daniya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiya kiritilgan. Trampning ogohlantirishicha, iyun oyidan boshlab Yevropadan import qilinadigan mahsulotlarga bojlar 25 foizgacha oshiriladi va Amerika Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishmaguncha ushbu choralar saqlanib qoladi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar