Osiyo Kubogi-2027. O‘zbekistonning qur’adagi savatchasi aniq bo‘ldi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Osiyo Kubogi qur’a tashlash marosimi uchun jamoalarni savatchalarga taqsimladi. Saralash asosi sifatida FIFA’ning 1 apreldagi reytingi olingan.

1️-savatcha:

  • Saudiya Arabistoni – mezbon;
  • Yaponiya;
  • Eron;
  • Janubiy Koreya;
  • Avstraliya;
  • O‘zbekiston.

2️-savatcha:

  • Qatar;
  • Iroq;
  • Iordaniya;
  • BAA;
  • Ummon;
  • Suriya.

3️-savatcha:

  • Bahrayn;
  • Tailand;
  • Xitoy;
  • Falastin;
  • Vetnam;
  • Tojikiston.

4️-savatcha:

  • Qirg‘iziston;
  • Livan yoki Yaman;
  • KXDR;
  • Indoneziya;
  • Kuvayt;
  • Singapur.

Ma’lumot uchun, avvalgi yillarda OFK savatchalarga ajratishda gibrid usuldan foydalanardi. Bunda FIFA reytingi va saralash turniri yakunlari birlashtirilib, Jahon chempionati saralashining final bosqichida ishtirok etgan jamoalarga ustunlik berilgan. Ushbu gibrid usul tufayli 2019 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichi uchun qur’a tashlashda O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rin almashib, uchinchi savatchadan ikkinchi savatchaga ko‘tarilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027 yilgi Saudiya Arabistonida mezbonligidagi Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi xavfsizlik nuqtai nazaridan noma’lum muddatga qoldirilgani haqida xabar berilgan edi. 24 jamoa ishtirok etadigan turnir 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qur’a tashlash marosimi esa dastlab joriy yilning 11 aprel kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo Kubogi qur'a Osiyo futbol konfederatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing