Eronning ikki futbolchisi Avstraliyadan mamlakatiga qaytdi
Sport
−
12:12 1844 1 daqiqa
Avstraliyada boshpana so‘ragan ikki nafar futbolchi hamda Eron ayollar terma jamoasining bir xodimi mamlakatga qaytishga qaror qilgan. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Avstraliya ichki ishlar vaziri Toni Berkning aytishicha, ular jamoaning qolgan a’zolariga qo‘shilib, Eronga qaytishga qaror qilgan.
“Ular bu haqda Avstraliya rasmiylariga xabar berishganida, ularga bir necha bor turli variantlar taklif qilindi, biroq ular Eronga qaytishni ma’qul ko‘rdi”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi uchta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘ldi. Ular joriy yilning 2 mart kuni Janubiy Koreyaga qarshi birinchi o‘yindan oldin (0:3) jamoa davlat madhiyasini kuylamadi, bu esa Eronda tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Xususan, jamoaning yetti a’zosi o‘z vatanlarida davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgani sabab “xoinlar” deb atalgach, ular Avstraliyadan boshpana so‘radi. Keyinchalik AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanezega bog‘lanib, eronlik futbolchilarga boshpana berishni so‘radi.
Shundan so‘ng Avstraliya hukumati Eron milliy terma jamoasining olti nafar ayol futbolchisiga gumanitar viza berdi.
Live
Barchasi