Osiyodagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?

Jamiyat

image

Indoneziya, Tailand va Shri-Lankadagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emasligi aytildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxonov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada kuchli yog‘ingarchilik hamda suv toshqinlari kuzatilgan va buning oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgan.

“Marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilaymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonalari yuzaga kelgan favqulodda vaziyat bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.

Hozirgi vaqtga qadar halok bo‘lganlar, bedarak yo‘qolganlar yoki jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Vaziyat TIV va xorijdagi tegishli vakolatxonalar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Zarurat tug‘ilganda, yordamga muhtoj bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin:

O‘zbekistonning Indoneziyadagi Elchixonasi:

+62 811 10 67 73 29

embassyuzbekistan@gmail.com

O‘zbekistonning Pokistondagi Elchixonasi (Shri-Lankadagi fuqarolarimiz uchun):

+92 51 226 47 46

+92 3000 340 144

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi:

+66-2 675-3995

+66-2 675-3996

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand, Malayziya va Indoneziyada tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi hamda suv toshqinlari oqibatida qurbonlar soni keskin ko‘paygandi. Xususan, Indoneziyaning Sumatra orolida kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari va yer silkinishlari oqibatida h bo‘lganlar soni 174 kishiga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Indoneziya toshqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing