Panchning sevimli o‘yinchog‘iga talab keskin oshib ketdi (video)

Olam

image

Yaponiyaning Ichikava shahridagi hayvonot bog‘ida onasiz 7 oylik Panch laqabli makaka maymunining videolari ijmoiy tarmoqlarda keng tarqalgach, unga surrogat ona sifatida berilgan orangutan yumshoq o‘yinchog‘i nusxalari do‘konlarda tezda sotib tugatildi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.

Xabar qilinishicha, videolar ijmoiy tarmoqlarda tarqalgach, IKEA do‘konlarida 20 AQSH dollari qiymatidagi orangutan yumshoq o‘yinchog‘i sotib tugatilgan. Talab keskin oshgani bois IKEA qisqa vaqt ichida ko‘plab hududlardagi do‘konlarida o‘yinchoqni sotib tugatgan. Mazkur o‘yinchoqni IKEA’dan sotib olgan shaxslar esa internet do‘konlarda 90 AQSH dollaridan 350 AQSH dollarigacha qayta sotib, foyda ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Panch laqabli makaka 2025 yilda iyul oyida tug‘ilgan. U dunyoga kelgach, onasi maymunchani tashlab ketgan. Unga hayvonot bog‘i xodimlari g‘amxo‘rlik qilib, surrogat ona sifatida orangutan yumshoq o‘yinchog‘ini bergan. Bog‘ xodimlari Panchni 19 yanvar kuni boshqa maymunlar guruhiga qo‘shgan. Biroq, ular maymunchani yaqiniga ham yo‘latmagan. 

Panch guruhga qo‘shilgach, hayvonot bog‘iga tashrif buyiruvchilar e’tiborini tortgan. Uning videolari ijmoiy tarmoqlarda keng tarqalgach, joriy yil 13 fevralgacha Panch xeshtegi ostida joylashtirilgan postlar soni 37 000 taga yetgan.  Onasi tashlab ketgan Panchning hanuzgacha yumshoq o‘yinchoqdan voz kechmaganligi esa tashrif buyuruvchilarni yanada ta’sirlantirib, hayvonot bog‘iga keluvchilar sonining oshishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya 1973 yildan buyon ilk bor o‘z hayvonot bog‘laridagi barcha pandalardan ayrilishi haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Panch orangutan makaka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing