O‘zbekiston AQSH va Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
01 mart 4994 1 daqiqa
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Yaponiya hamda AQSH U-20 terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, Osiyo kubogi saralash bosqichi hamda 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar termasi xalqaro o‘rtoqlik turnirida maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Yaponiya U-20 terma jamoasiga qarshi bahs 25 mart kuni, AQSH U-20 terma jamoasiga qarshi uchrashuv esa 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Har ikki o‘yin ham Milliy futbol markazida soat 15:00 da start oladi.
Qayd etish joiz, 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatiga O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladi.
Live
Barchasi