Pentagon shokda: Pekin yadroviy zarbaga yashirincha tayyorgarlik ko‘rmoqda – OAV
Olam
−
09 mart 14451 2 daqiqa
Xitoy, ehtimol, maqsadli ravishda keng ko‘lamli yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Pekin nafaqat o‘z yadroviy salohiyatini jadal sur’atlar bilan oshirmoqda, balki maxfiy yerosti sinovlarini o‘tkazish orqali uni yashirincha real jangovar shaylik holatiga o‘tkazmoqda.
“Xitoy yadroviy arsenalni tiyib turish uchun emas, balki yadroviy urush olib borish uchun yaratayotganga o‘xshaydi”, deydi material muallifi, “Meros” jamg‘armasi huzuridagi Ellison milliy xavfsizlik markazi katta ilmiy xodimi Robert Piters.
Nashrning qayd etishicha, bu xulosa Lobnor poligonidagi o‘ta kichik quvvatli portlashlar seriyasi bilan tasdiqlanmoqda. AQSH diplomatlari Pekin seysmik monitoring samaradorligini pasaytirish va tayyorgarlikni butun dunyodan yashirish uchun yer osti bo‘shliqlaridan foydalangan holda, bu yadroviy sinovlarni qasddan niqoblayotganiga ishonchi komil.
“Sinov o‘ta kritik bo‘lgani va energiya ajralib chiqqani seysmik grafiklardan mutlaqo ayon”, deydi AQSH Davlat kotibining qurol-yarog‘ nazorati va tarqatmaslik bo‘yicha yordamchisi Kristofer Yiv.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday hodisalardan biri 2020 yildayoq qayd etilgan, biroq Xitoy haqiqatni yashirishda davom etmoqda va xalqaro inspektorlarni kiritishdan bosh tortmoqda. Bu ma’lumotni avvalroq Senatning razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi raisi Tom Kotton ham Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) maxfiy ma’lumotlariga tayanib tasdiqlagan.
Gazetaning urg‘u berishicha, hozirgi Xitoy endi sovuq urush davridagi arsenal bilan qanoatlanmayapti. Bugungi kunda Pekin qit’alararo ballistik raketalar uchun AQSHdagidan ko‘ra ko‘proq shaxtalar qurmoqda va Yaponiyadan tortib Guam hamda Avstraliyagacha zarba berishga qodir kuchlarni shakllantirmoqda. Amerikalik tahlilchilarning fikricha, Xitoy nafaqat qo‘rqitishga, balki gipotetik yadroviy mojaroda haqiqatda g‘alaba qozonishga tayyorlanayotgan bir sharoitda, AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati zudlik bilan o‘z harbiy doktrinasini qayta ko‘rib chiqishi va eng yomon ssenariyga tayyor bo‘lishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Britaniya sohillariga yaqin Bretan hududidagi ballistik raketa tashuvchi suvosti kemalari bazasidan turib mamlakat yadroviy jangovar kallaklari sonini oshirishni buyurgandi.
Live
Barchasi