Peres “Barselona” yulduzini “Real”ga olib kelmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres 2000 yilda Luish Figu “Barselona”dan Madrid klubiga o‘tgan shov-shuvli transferga o‘xshash ssenariyni yana takrorlashni istamoqda. Bu safar “qirollik klubi” “Barselona” yarim himoyachisi Pedrini o‘z jamoasiga olib kelish niyatida. Bu haqda “El Desmarque” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Peres uchun bu transfer nafaqat jamoani kuchaytirish, balki prinsipial raqibdan yetakchi o‘yinchini olib ketish nuqtai nazaridan ham muhim hisoblanadi.

Biroq insayderlar bu bitim amalga oshishi deyarli imkonsiz ekanini ta’kidlamoqda. Pedrining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, undagi tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi. Futbolchi o‘zini Kataloniya klubi loyihasining ajralmas qismi deb biladi va jamoaga sodiqligini bir necha bor ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Pedri 2019 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib keladi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 227 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma muallifiga aylandi. “Transfermarkt” portali uning bozor qiymatini hozirda 140 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Florentino Peres Pedri “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing