“Barselona” Shesni bilan shartnomani bekor qilmoqchi – OAV
Sport
−
15:02 417 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi rahbariyati klub darvozaboni Voysex Shesni bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Bu haqda “Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2025 yil yozida shartnomani yangilash jarayonida futbolchiga taxminan 2 million yevro to‘lash evaziga uni bekor qilish imkoniyatini kelishib olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 million yevro polshalik futbolchining 2027 yil yozigacha amal qiladigan mehnat shartnomasi bo‘yicha olishi kerak bo‘lgan maoshdan kamroq.
Kataloniya klubi darvozabonlar tarkibini yangilash ustida ishlamoqda. Agar kataloniyaliklar rejalashtirilgan o‘zgarishlarni amalga oshirsa, mavsum oxirida Shesni bilan hamkorlikni yakunlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, polshalik posbon 2024 yil oktyabr oyidan beri “Barselona” safida o‘ynab kelmoqda. Shesni joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol o‘tkazib yuborgan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Shesni bozor qiymati 900 ming yevroni tashkil qiladi.
Live
Barchasi