Polina Kudermetova “Australian Open”dagi ishtirokini yakunladi

Sport

image

Bugun, 21 yanvar kuni tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining a’zosi Polina Kudermetova “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Kudermetova turnirning ikkinchi davrasida daniyalik raqibasiga mag‘lub bo‘ldi.

Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open” turniri yakkalik bahslarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Polina Kudermetova ikkinchi davra doirasida daniyalik 23 yoshli Klara Tausonga qarshi kortga chiqdi.

1 soat 53 daqiqa davom etgan bahsda Kudermetova 3/6, 6/3, 5/7 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Ma’lumot uchun, 22 yashar Polina Kudermetova Avstraliya ochiq chempionatining dastlabki davrasida Ispaniya vakilasi Giyomar Maristanidan ustun kelgan edi. Dunyoning 14-raqamli raketkasi bo‘lmish Klara Tauson esa birinchi bosqichda vengriyalik Dalma Galfini mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi Kamilla Rahimova “Australian Open” birinchi davrasida dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffga roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda 6/2, 6/3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Polina Kudermetova “Australian Open” Klara Tauson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing