Ramzan Qodirovning o‘g‘li va Hamzat Chimayev avtohalokatga uchradi – OAV

Olam

image

Bugun, 16 yanvar kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirovning korteji Grozniy shahrida og‘ir yo‘l-transport hodisasiga uchragani aytilmoqda. Shu sababli respublika poytaxti hozircha “yopilgan”, Adamning o‘zi esa respublika shifoxonasida reanimatsiya bo‘limida va uni Moskvaga olib ketishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda chechen muxolif Telegram-kanali NIYSO o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

Dastlab, sahifa yo‘l-transport hodisasiga Checheniston rahbarining o‘zi yoki uning o‘g‘li uchragan bo‘lishi mumkinligini yozgan, keyinroq esa gap aynan Adam haqida ketayotganini aniqlashtirgan.

Kanal ma’lumotiga ko‘ra, kortej juda yuqori tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan va "to‘satdan to‘siqqa duch kelgan". Avariya vaqtida mashinalar "bir-biriga urila boshlagan", oqibatda, sahifaning yozishicha, ko‘plab odamlar jabrlangan. Biroq Chechenistonda hozir kuzatilayotgan "sarosima"ga aynan Qodirovning o‘g‘li YTH ishtirokchisi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, kanal ma’lumotiga ko‘ra, mashinada chechen aralash yakkakurashlar jangchisi Hamzat Chimayev ham bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Chimayevning halok bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Keyinroq kanal “avariya” vaqtida Chimayev Qodirovning o‘g‘li bilan birga bo‘lganini tasdiqlashning imkoni bo‘lmaganini aniqlashtirdi.

“Biroq jabrlanganlar orasida bosqinchi hokimiyatning yana bir yuqori lavozimli vakilining o‘g‘li ham borligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, ASTRA’ning yozishicha, Qodirov o‘g‘lining korteji ishtirokidagi YTH haqidagi ma’lumot hozircha boshqa manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Ramzan Qodirov Hamzat Chimaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing