“Real” futbolchisi Afrika kubogi rekordini o‘rnatdi
Sport
−
10 yanvar 1049 1 daqiqa
“Real Madrid” jamoasi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Braim Dias Afrika kubogida ketma-ket beshta o‘yinda gol urib, rekord o‘rnatdi. Bu haqda ESPN xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli Braim Dias turnir tarixida ketma-ket beshta o‘yinda gol urgan birinchi futbolchiga aylangan.
2026 yilgi Afrika Kubogi doirasida Diac Marokash terma jamoasi bilan guruh bosqichida Komor orollari, Mali, Zambiya terma jamoalariga qarshi o‘yinda bittadan gol urgan. 1/8 final bosqichida esa Tanzaniyaning mag‘lub etuvchi yagona golga mualliflik qilgan bo‘lsa, chorak finalda Kamerun terma jamoasiga qarshi o‘yinda ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan.
Diacning gollari Marokashni yarim finalga olib chiqishga yordam bergan. Endilikda “Atlaschilar” yarim finalda Jazoir-Nigeriya o‘yinining g‘olibi bilan to‘qnashadi.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada tug‘ilgan Diac o‘smir va kattalar darajasida Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan, ammo 2024 yilda sport fuqaroligini o‘zgartirib Marokash terma jamoasiga qo‘shilishga qaror qilgan.
Live
Barchasi