Ronaldu va Jorjina nikoh shartnomasi tuzdi
Sport
−
28 avgust 48860 1 daqiqa
Avvalroq, jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu 10 yillik munosabatdan so‘ng sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurishni taklif etgani, Jorjinaning esa bunga rozi bo‘lgani xabar qilingan edi. “Marca” nashri o‘z manbalariga tayanib, ularning o‘rtasida tuzilgan nikoh shartnomasi tafsilotlarini ochiqladi.
Manbaga ko‘ra, agar juftlik ajralgan taqdirda Ronalduning majburiyatlari yuz millionlab dollarga tushishi mumkin. Hujjatda nafaqat oylik to‘lovlar, balki bir martalik katta summalar hamda hashamatli bonuslar ham belgilangan.
Shartnomaning asosiy bandlari:
- Jorjinaga oylik nafaqa – 114 ming dollar;
- 5,6 million dollargacha bo‘lgan qiymatdagi ko‘chmas mulkka egalik huquqi;
- Juftlik ajrashgan taqdirida pensiya – oyiga 110 ming dollar;
- Bolalar uchun aliment – oyiga 500 ming dollar;
- Qo‘shimcha bonuslar – yiliga 2 million dollar, ikkita lyuks toifadagi avtomobil va aviaparvozlar;
- Ajralish bo‘lsa, bir martalik to‘lov – 50 million dollar.
“Forbes” hisobiga ko‘ra, Krishtianuning kapitali qariyb 671 million dollarni tashkil etadi. Shunday keng ko‘lamli kelishuvni imzolash orqali hujumchi o‘z aktivlarini himoya qilishga va shu bilan birga Jorjina hamda farzandlariga ehtimoliy ajralish holatida ham yuqori turmush darajasini kafolatlashga intilgan.
Ma’lumot uchun, hozirda “Al Nasr” jamoasida to‘p tepayotgan Ronaldu Saudiya klubidan yiliga 200 mln yevrodan ko‘proq maosh oladi.