Rossiya sulh tugashi ortidan Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi
Olam
−
12 may 4112 1 daqiqa
Rossiya AQSH vositachiligida erishilgan vaqtinchalik sulh yakunlanganidan bir necha soat o‘tib, Ukrainaga hujum boshladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujumlarda dronlar va artilleriyadan foydalanilgani aytilmoqda. Zarbalar natijasida Kiyev, Dnepr, Xarkov, Herson hamda Zaporoje hududlarida portlashlar va yong‘inlar yuzaga kelgan.
Ukraina havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar oqibatida fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgan. Dnepr viloyatida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.Kiyevning Obolon tumanida dron qoldiqlari 16 qavatli turar joy binosi tomiga tushib, yong‘in yuzaga kelgan. Kiyev shahri meri Vitali Klitschkoning ma’lum qilishicha, yong‘in tezda o‘chirilgan va hodisada jabrlanganlar bo‘lmagan.
Kiyev viloyatining Fastiv tumanida esa bolalar bog‘chasi shikastlangan, tom qismi yonib ketgan. Yaqin atrofdagi turar joylar va xususiy uylar ham zarar ko‘rgan. Dnepr shahriga uyushtirilgan hujumda 33 yoshli erkak jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, shaharda transport infratuzilmasiga ham zarar yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina o‘rtasida g‘alaba kuniga bag‘ishlangan vaqtinchalik sulh 12 may yarim tunda yakunlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Zarnigor Xudoyberdiyeva
Live
Barchasi