Rossiya Kiyevga zarba berdi. O‘nlab qurbonlar va yuzlab yaradorlar bor (video)
Olam
−
02 iyun 5791 2 daqiqa
Bugun, 2 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning Kiyev va Dnepr shaharlariga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Oqibatda 16 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda RBK Ukraina xabar berdi.
Qayd etilishicha, Dneprdagi qurbonlar orasida kamida ikki nafar bola bor: 2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola (3 yoshli) va 8 yoshli bola. 42 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jarohatlangan. 20 dan ortiq jabrlanuvchi parchalardan bo‘lgan jarohatlar, siniqlar va mina-portlash jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Dneprda ko‘p kvartirali uylar, korxona, o‘t o‘chirish qismi, garajlar va avtomobillarga jiddiy shikast yetgan. Ommaviy zarba Ukrainaning boshqa hududlariga ham to‘g‘ri kelgan.
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lumotlariga ko‘ra, raketalardan biri Podolsk tumanidagi 9 qavatli turar joy binosiga borib tushgan va yuqori qavatlarni qisman vayron qilgan. Boshqa bir raketaning parchalari ko‘p qavatli uyning tomiga tushib, yong‘in keltirib chiqargan. Shuningdek, Solomenskiy, Svyatoshinskiy va Shevchenko tumanlaridagi uylar ham shikastlangan. Poytaxtga qilingan hujum tufayli olti kishi halok bo‘lgan, 64 kishi jarohatlangan, ulardan ikki nafari bolalar.
Xarkov mer Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtta tumanda zarbalar qayd etilgan: turar joy binosi shikastlangan, kamida 10 kishi jabrlangan. Kiyev viloyatida ham turar joy binolari shikastlangan, u yerda uch kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Rostov viloyatidagi Taganrog porti Ukraina bilan bog‘liq mojarolar sababli navbatdagi dron hujumiga uchragani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun