Rossiyadagi vaqtincha saqlash markazlarida qancha o‘zbekistonlik saqlanayotgani aytildi

Olam

image

Rossiyadagi vaqtincha saqlash markazlarida hozirga qadar 100 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi saqlanayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakili vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Volosastov bilan uchrashuvda ularni tezroq vatanga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Bosh konsulxonaga ayrim fuqarolarni saqlash muddati uzayib ketgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani aytilgan.

Suhbat davomida O‘zbekiston tomoni joriy yilning 1 fevralidan 25 martigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ayrim yurtdoshlarimiz Vladivostok xalqaro aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmagani haqida ma’lum qilgan.

Aytilishicha, Rossiya tomoni nazoratni kuchaytirgani va qo‘shimcha tekshiruvlar joriy qilgani sababli “Uzbekistan Airways” va “Centrum Air” aviakompaniyalari parvozlar jadvaliga o‘zgartish kiritishga majbur bo‘lgan. Bu esa O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar sonining kamayishiga olib kelgan.

Bu holat ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalariga va savdo-iqtisodiy hamkorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan. Jumladan, “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi va “AgroPtitsa” kompaniyasi o‘rtasidagi 20 million AQSH dollarilik kelishuv doirasida O‘zbekistondan Primore hududiga inkubatsiya tuxumlarini yetkazib berish ishlariga ham qiyinchilik tug‘dirgan.

Shuningdek, uchrashuvda Primore hududida vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarning huquqlarini himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, migratsiya qoidalarini buzgani uchun ushlangan fuqarolar bilan bog‘liq holatlar muhokama qilingan.

Yevgeniy Volosastov o‘z navbatida, bu masalalarni Primore hududidagi mas’ul idoralar bilan birgalikda ko‘rib chiqishga va vaziyatni yaxshilash uchun qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Qolaversa, u O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni davom ettirish va mintaqadagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidlagan.

Rossiyada hozirda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni qariyb 1,3 millionni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Rossiyada hozirda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni qariyb 1,3 millionni tashkil etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik vaqtincha saqlash markazlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing