Rossiyada 5 yoshli qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofilni bolalar to‘xtatib qoldi (video)
Olam
−
10:05 5277 1 daqiqa
Rossiyaning Tyumen shahrida 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishga uringanlikda ayblanayotgan 44 yoshli erkak sudda aybini tan oldi va qilmishidan pushaymon ekanini bildirdi. Bu haqda viloyat sud tizimining birlashgan matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28 may kuni erkak qizchaga nisbatan kuch ishlatib, uni ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagiga olib kirgan va jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etishga uringan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud gumonlanuvchini ikki oy muddatga qamoqda saqlash chorasi bilan hibsga olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kuzatuv kameralari tasvirlarida erkak qizchani ko‘tarib kirish yo‘lagiga olib kirayotgani, qizaloq esa yordam so‘rab qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan.
Erkakning jinoiy niyati amalga oshishiga ikki nafar o‘smirning aralashuvi to‘sqinlik qilgan. Ular voqeani ko‘rib, yaqin atrofdagi ayolning e’tiborini tortgan. Ayol darhol kirish yo‘lagiga kirib, qizchani erkak qo‘lidan qutqarib qolgan.
Qizaloqni qutqarib qolgan ayolning aytishicha, u tasodifan qo‘shni hovliga kirib qolgan va bolalarning qichqirayotganini eshitgan. Bolalar qo‘lidagi qizni olib ketayotgan erkakni to‘xtatishga urinayotgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘qituvchi voyaga yetmagan, 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgandi.
Live
Barchasi