Ruslanbek Davletovga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Farmonga ko‘ra:

Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Rustam To‘ychiyevich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 iyul kuni Ruslanbek Quroltoyevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Prezident farmoni Ruslanbek Davletov Abdusalam Abdumavlonovich Azizov Muzaffar Murotovich Komilov Rustam Tuychievich Komilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing