Sadir Japarov Bishkekdagi masjidda namoz o‘qib, iftorlik qildi (fotoreportaj)
Olam
−
06 mart 4643 1 daqiqa
Bugun, 6 mart kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Bishkek shahridagi Imom Saraxsi nomidagi markaziy masjidiga tashrif buyurib, namoz o‘qidi va yig‘ilganlar uchun iftorlik tashkil etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari nutqida yig‘ilganlarni muborak Ramazon oyi bilan qutlagan va mo‘minlarga mustahkam iymon tilagan. Shuningdek, rahm-shafqat, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va savobli amallarni bajarishga chaqirgan.

Iftorlik marosimidan so‘ng Prezident masjiddagi namozxonlar bilan birga namoz o‘qigan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Sadir Japarov O‘sh shahridagi “Sulaymon-Too” markaziy masjidiga tashrif buyurib, namoz o‘qigandi va yig‘ilganlar uchun iftorlik tashkil etgandi.
Live
Barchasi