Qirg‘iziston ham o‘z fuqarolarini Yaqin Sharqdan qaytarishni boshladi

Olam

image

Qirg‘iziston hukumati o‘z fuqarolarini Jidda shahridan evakuatsiya qilishni boshladi. Hozirga qadar 210 nafar qirg‘izistonlik ortga qaytarildi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyotlar Bishkek va O‘sh aeroportlariga qo‘ngan. Natijada Bishkekka 90 nafar, O‘shga esa 120 nafar qirg‘izistonlik fuqaro yetib kelgan. 

Shuningdek, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ushbu yo‘nalishlarda muntazam reyslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirgan. Unga ko‘ra, parvozlar Bishkek va O‘sh shaharlariga haftasiga bir necha marotaba amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Yaqin Sharq davlatlaridan qariyb ming nafar fuqarosini mamlakatga qaytargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek evakuatsiya Yaqin Sharq O'sh Yaqin Sharqdan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing