Saida Mirziyoyeva Samarqandda fermerlar oilasi mehmoni bo‘ldi
Jamiyat
−
25 aprel 9136 2 daqiqa
Kecha, 24 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
“Bugun davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan Samarqand viloyatiga bordik. Toyloq tumanidagi barcha mahallalar aholisi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘la olishi uchun suv tarmoqlari qanday rekonstruksiya qilinayotgani va yangilanayotganini ko‘zdan kechirdik”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Shuningdek, u Urgut tumaniga ham borib, fermerlar oilasida mehmon bo‘lgan.

“Urgut tumanida ham bo‘ldik. Bu yerda yangi turarjoylar, tibbiyot muassasalari, maktab va bog‘chalar qurilyapti, borlari esa yangilanib, kengaytirilmoqda. Fermerlar oilasi – Haydarovlar xonadonida mehmon bo‘ldik. Ularning tajribasini, shubhasiz, keng ommalashtirsa arziydi”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Adiministratsiyasi rahbari.

Shu bilan birga, Saida Mirziyoyeva Prezident topshirig‘iga ko‘ra tubdan qayta qurilgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasiga ham tashrif buyurgan. Bu yerdagi 16 ta qishloqning ayollariga xizmat ko‘rsatayotgan tug‘ruq bo‘limi eng zamonaviy talablarga javob beradi. Kuni kecha ushbu dargohda birinchi chaqaloq – Shavkatjon dunyoga kelgan.
“Men buni boshlagan barcha ishlarimizning xayrli ekaniga bir ishora, deb bildim. Ona-bolaga mustahkam sog‘lik tilaymiz. Yangi mehmonning tolei baland bo‘lsin!” deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 18 dekabr kuni ham Saida Mirziyoyeva Urgutdagi “Navoiy” poliklinikasiga borgandi. O‘sha paytda 1972 yilda qurilgan ushbu poliklinika ta’mirga muhtoj holda edi.
Live
Barchasi