Samarqandda 7 va 9 yoshli qizlar zo‘ravonlikka uchradi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan tekshiruv boshlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 21 aprel kuni Toyloq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.S. vaqtincha vasiyligida bo‘lgan 2 nafar voyaga yetmagan qizlar B.D. (2019 yilda tug‘ilgan) B.M.ning (2017 yilda tug‘ilgan) hozirda xorijda bo‘lgan onasi D.M.dan pul undirish maqsadida turli shakldagi tazyiq o‘tkazib, bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etib, buni videoga olgan.

Bolalar ombudsmanining Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili joyiga chiqqan tarzda holatni o‘rganib, bolalarni himoyalash yuzasidan zaruriy tezkor choralarni ko‘rgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda, tuman vasiylik organi – “Inson” markazi mas’ullari tomonidan M.S. vasiylikdan chetlatilgan.

Bolalarga yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Bolalar ombudsmani mintaqaviy vakili tomonidan voyaga yetmagan qizlarning ruhiy barqarorligini taminlash maqsadida psixolog jalb qilingan.

Shuningdek, qizlar tumandagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirilgan hamda yashash hududiga yaqin maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotiga rasmiylashtirilib, bolalarning xavfsiz oilaviy muhitga va ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari tiklangan.

Qayd etilishicha, hozirda bolalarning xorijdagi onasi o‘z ota-onalik majburiyatlarini bajarishi darajasi o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimining tarbiyalanuvchi bolalardan biriga jismoniy kuch ishlatib, uni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand zo'ravonlik Toyloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing