Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi ta’mirtalab ob’ektlarga bordi

Jamiyat

image

Kecha, 24 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatidagi bir nechta ta’mirtalab ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Kecha bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdik, “Yangi O‘zbekiston” massivini rivojlantirish ishlarini ko‘zdan kechirdik. Musiqa maktabi kabi yangilanish va ta’mirga muhtoj ob’ektlarni ham, Geologlar mahallasidagi bolalar bog‘chasi singari kapital ta’mirlanibgina qolmay, balki tubdan qayta qurilishi zarur bo‘lgan joylarni ham ko‘rdik”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirishicha, rekonstruksiyadan keyin Geologlar mahallasidagi bog‘cha Samarqanddagi eng katta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ladi va 600 nafargacha bolani qabul qiladi.

Shuningdek, tashrif yakunida Samarqand viloyati va tumanlari rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazilgan.

“Biz guvohi bo‘lgan va navbatini kutayotgan barcha o‘zgarishlar hududlarni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz olib borayotgan yirik tizimli faoliyatning bir qismidir. Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatining Toyloq va Urgut tumanlariga borgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing