Saneg’ga berilgan konlarda qazib olish hajmi kamaygan – “O‘zbekneftgaz”
Jamiyat
−
21 aprel 4855 1 daqiqa
2019 yilda “O‘zbekneftgaz”dan “Sanoat energetika guruhi” (Saneg) kompaniyasiga berilgan 100 dan ortiq neft-gaz konlarida qazib olish hajmi kamaygan. Bu haqda kecha, 20 aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zbekneftgaz” bosh geologi Nodir Muhiddinov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2019 yilda hukumatning maxsus qarori bilan “O‘zbekneftgaz”dan Saneg boshqaruviga o‘tkazilgan konlarda ma’lum muddatda gaz, neft qazib chiqarish hajmi o‘sgan, ammo oxirgi yillarda bu ko‘rsatkichlar pasaygan.
Bu holat bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil qilingan. Aynan shu komissiya tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi hamda xulosa va natijalar asosida tegishli qaror qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda hukumatning yopiq qarori bilan 100 dan ortiq konlar “O‘zbekneftgaz” AJdan Saneg boshqaruviga o‘tkazilgan. Ushbu konlarning berilishi 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan neft qazib olishni oshirish loyihasi bilan bog‘liq. Bugungi kunda Saneg’ga 103 ta neft va gaz konlari qa’ridan hamda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan.
Live
Barchasi